Barcha yangiliklar
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #MurojaatlarDaftari
Gallery image 245971
Gallery image 245972
Gallery image 245973
Gallery image 245974
Gallery image 245975
Gallery image 245976
Gallery image 245977
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
19 Sen 2026
17:57

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #MurojaatlarDaftari

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati mudiri M.Xujanov, tumani Kengashining 20-“Sayrak” saylov okrugi deputati A.Egamberdiyev, tuman Kengashi deputati Yu.Hakimov hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov ishtirokida “Sayrak” mahallasida atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi.

Muloqot va ko‘chama-ko‘cha muloqotlar davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

Obodonlashtirish va qurilish: Mahallani “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish borasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari;

Prezident topshiriqlari ijrosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalarning joylardagi ijrosi;

Aholi bandligi va ijtimoiy muhit: Mahalla “yettiligi”, ko‘chaboshilar hamda nuroniylar bilan birgalikda xonadonbay yurilib, fuqarolarni qiynayotgan masalalar va ularning yechimlari.

O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish va takliflarni amalga oshirish yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatilib, tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz