Barcha yangiliklar
Qiziriq tumanida savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
Gallery image 245822
Gallery image 245823
Gallery image 245824
Gallery image 245825
Gallery image 245826
Gallery image 245827
Gallery image 245828
Gallery image 245829
Gallery image 245830
Gallery image 245831
Gallery image 245832
Gallery image 245833
Gallery image 245834
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
18 Sen 2026
00:00

Qiziriq tumanida savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

#kotibiyat_mudiri_faoliyati #nazorat_tahlil

Qiziriq tumanida savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Eshmuratov Abdulxakim Xushbokovich tomonidan Qiziriq tumanining markaziy kiyim-kechak va oziq-ovqat bozorida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-son qarori asosida “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida Qiziriq tumaniga 100 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, mazkur dastur asosida amalga oshirilayotgan loyihalar ham o‘rganildi.

Xususan, tuman markazidagi “Yangikent” mahallasi hududidan o‘tgan R-100 avtomobil yo‘li bo‘yidagi kollektorni yopiq tizimga o‘tkazish hisobiga hosil bo‘ladigan yer maydonida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish, hududni obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, “K-6” kollektorining 400 metr qismini yopiq tizimga o‘tkazish ishlari bilan tanishilib, qurilish jarayonining borishi yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Mazkur jarayonda xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov, Qiziriq tumani hokimi Sh.Allamurotov, xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.MUhammadiyev, tuman Kengashi deputatlari, loyiha va qurilish ishlari uchun mas’ul mutaxassislar hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi tuman markazida zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hudud infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram