Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 245789
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
19 Sen 2026
15:09

Kengash_faoliyati

#Deputatlik_faoliyati
#Kotibiyat_bosh_mutaxassis
#24_ta_masala
#Okrugda_o‘rganish

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Obikor" mahallasida Hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi

Bandixon tumanida mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda Hokim yordamchilarining mas’uliyatini oshirish borasida tuman Kengashi tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 20-"Obikor" saylov okrugi deputati X.Salomov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov O'rg'ulsoy mahallasiga tashrif buyurib , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-116-sonli Farmoniga muvofiq Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi.

Monitoring davomida 14 ta asosiy yo‘nalish, xususan, xonadonbay o‘rganishlar natijasi, aholi bandligi, kredit va subsidiyalardan samarali foydalanish, mikroloyihalarni amalga oshirish hamda kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlash ko‘rsatkichlari amaliy natijadorlik nuqtai nazaridan baholandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan xulosalar shakllantirilib, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga olib chiqilishi belgilandi.