Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Angor tumani  Kengashi 3-Gilambob   saylov okrugidan saylangan deputat Mavlonova Rano  okrugiga qarashli  "Gilambop" mahallasida deputatlik nazorat-tahlil tadbiri olib borildi.
Gallery image 245745
CHORIYEVA MAXLIYO TOSHKENTBOYEVNA
16 Sen 2026
11:43

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 3-Gilambob saylov okrugidan saylangan deputat Mavlonova Rano okrugiga qarashli "Gilambop" mahallasida deputatlik nazorat-tahlil tadbiri olib borildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 3-Gilambob saylov okrugidan saylangan deputat Mavlonova Rano okrugiga qarashli "Gilambop" mahallasida deputatlik nazorat-tahlil tadbiri olib borildi.

Mazkur jarayonda xalq deputatlari kotibiyat mudiri M.Yarmatov ishtirok etdi.

O‘rganishlar davomida mahallalarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar ko'zdan kechirilib, mahalla yettiligi muammolari tinglandi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida PQ-141-son qarori asosida piyodalar yo'lakchasi hamda yoritgich chiroqlarining o'rnatilishi ko'zdan kechirildi.

Bundan tashqari, suv quvurlarini yotqizish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o'rganilib, tegishli ko'rsatmalar berildi.

Mahalla mas'ullariga hududda obodonlashtirish ishlarini olib borish yuzasidan vazifalar berildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputatlik nazorati olib borilishi ta'kidlandi.