Barcha yangiliklar







ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
19 Sen 2026
10:40
BUTUNJAHON TOZALIK KUNI: TOZALIK AKSIYASI
19-sentabr-Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan tuman Kengashi deputati Y.Safarov tashabbusi bilan hududda obodonlashtirish va tozalik aksiyasi tashkil etildi.
Aksiya davomida hududning sanitariya va obodonlashtirish holati yaxshilandi, ko‘chalar va jamoat joylari turli chiqindilardan tozalandi hamda atrof-muhitni ozoda saqlashga qaratilgan amaliy ishlar olib borildi.
Tadbirda fuqarolarni hududlarni toza va obod saqlash, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash hamda atrof-muhitga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishga chaqirishga alohida e’tibor qaratildi.