Barcha yangiliklar
PAXTAKOR TUMANIDA “MAHALLABAY” IXTISOSLASHUV LOYIHALARI O‘RGANILDI
Gallery image 245675
Gallery image 245676
Gallery image 245677
Gallery image 245678
Gallery image 245679
Gallery image 245680
Gallery image 245681
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
19 Sen 2026
09:44

PAXTAKOR TUMANIDA “MAHALLABAY” IXTISOSLASHUV LOYIHALARI O‘RGANILDI

Paxtakor tumanida “mahallabay” ixtisoslashuv loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

🏡 Bog‘ishamol mahallasining Qoramirzo qo‘rg‘onida 100 ta xonadonning 8 gektar tomorqa yer maydonida isitish tizimisiz issiqxonalar tashkil etilmoqda.

💧 Loyihani suv bilan ta’minlash maqsadida 8 km suv quvuri tortilib, 50 kVtlik quyosh paneli, 100 kVtlik transformator hamda 22 kVtlik aqlli suv nasosi o‘rnatilgan.

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Z.Shodmonov hududdagi ishlar bilan tanishib, loyihaning amalga oshirilish jarayoni hamda xonadonlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni o‘rgandi.

Mazkur loyiha orqali tomorqalardan samarali foydalanish, aholi bandligini ta’minlash va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish ko‘zda tutilgan.