Barcha yangiliklar
YOSHLAR BILAN UCHRASHUVDA MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
Gallery image 29208
Gallery image 29209
Gallery image 29210
Gallery image 29211
Gallery image 29212
Gallery image 29213
Gallery image 29214
IMINJANOVA DILFUZAXON ERGASHOVNA
19 Fev 2025
15:24

YOSHLAR BILAN UCHRASHUVDA MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

 Tuman hokimi, Xalq deputatlari Jalaquduq tuman kengashi raisi, 1-sektor rahbari H.Latipov ishtirokida Do`ngqishloq MFY yoshlari bilan muhim uchrashuv bo`lib o`tdi. 

Bunda Ko`ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz yoshlari bilan qilgan
muloqotida
yoshlarga yaratilayotgan yangi imkoniyatlar bo`yicha qizg`in davra suhbatlari olib borildi. 

Unda yoshlar hayoti va kelajagiga daxldor bir qator masalalar muhokama qilindi. Uchrashuvda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta`minlash hamda muammolarini bartaraf etish masalasida fikr almashildi. 

Yoshlar turli masalalar yuzasidan sektor rahbariga o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi. 

Har bir savol, masalaga aniq va atroflicha javob berilishi bilan birga, yoshlarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish bo`yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi. Uchrashuv tadbirida tuman Kengashi deputatlari O.Qaxxorova, G.Umarovalar ishtirok etdilar.