Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi
Gallery image 245575
Gallery image 245576
Gallery image 245577
RAXMATULLAYEV XONDAMIR INOMJON O‘G‘LI
18 Sen 2026
19:22

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati D.Danayev tomonidan fuqaroning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Murojaatda ichimlik suvi ta’minotidagi muammo ko‘tarilgan bo‘lib, mas’ul tashkilot vakillari bilan birgalikda vaziyat joyida ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida muammoga sabab suv quvurining teshilgani ekani aniqlanib, uni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilayotgani ma’lum qilindi.

Mas’ullar tomonidan quvurdagi nosozlikni tezkor bartaraf etish hamda ichimlik suvi ta’minotini tiklash ishlari joyida amalga oshirilishi bildirildi.

Fuqarolar murojaatlarining manzilli o‘rganilishi va amaliy yechim topishi deputatlik nazorati asosida kuzatib boriladi.