Barcha yangiliklar
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
Gallery image 245433
Gallery image 245434
RAXIMJONOV ULUG‘BEK SOTVOLDI O‘G‘LI
18 Sen 2026
17:52

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “9-Tuvadoq” saylov okrugi deputati, Kengash raisi D.Karimova tomonidan “Tuvadoq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 44-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida hashar yo‘li bilan barpo etilayotgan yangi bino qurilish ishlari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

📊 O‘rganish davomida yangi binoning qurilish jarayoni, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati hamda belgilangan talablar asosida olib borilayotgani ko‘rib chiqildi.

🗣Shuningdek, qurilish ishlarining sifatli va tartibli tashkil etilishi, xavfsizlik talablariga rioya qilinishi hamda yangi binoning zamonaviy va foydalanish uchun qulay holatda barpo etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

🗣Mazkur yangi bino foydalanishga topshirilishi natijasida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun qo‘shimcha va qulay sharoitlar yaratilishi ko‘zda tutilgan.