Barcha yangiliklar
Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 245391
Gallery image 245392
Gallery image 245393
Gallery image 245394
Gallery image 245395
Gallery image 245396
Gallery image 245397
Gallery image 245401
Gallery image 245402
Gallery image 245403
YUSUBOV MUZAFFAR ALIMBAYEVICH
18 Sen 2026
17:12

Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#doimiykomissiya #xorijiy_investitsiyalar #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

📌 Bugun xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari, hisobot beruvchi mas’ullar hamda Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi ham ishtirok etdi.

➡️ Mazkur yig‘ilishda Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi direktori o‘rinbosari Bobojonov Qodirjon Abdurahimovich, “Toshkent metropoliteni” AJ Investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i Axtamov Anvar Axtam o‘g‘li hamda Energiya samaradorligi milliy agentligi Toshkent shahar loyiha ofisi rahbari To‘ychiyev Murodjon Mirmuhsin o‘g‘li o‘z axborotlarini berdi. Kun tartibidagi mazkur masala deputatlar tomonidan o‘rganilib atroflicha muhokama qilindi.

⬇️ Mazkur masala keng yig'ilish qatnashchilari tomonidan keng muhokamalarga sabab bo'ldi. Yakunda kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan atroflicha o'rganildi hamda chuqur tahlil qilinib navbatdagi sessiyaga kiritildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash