Barcha yangiliklar
Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 245368
Gallery image 245369
Gallery image 245370
Gallery image 245371
Gallery image 245372
Gallery image 245373
Gallery image 245374
Gallery image 245375
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
18 Sen 2026
17:10

Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 19-“Saoqat” saylov okrugidan saylangan deputat I.Fayzullayev tomonidan Qo'qon shahar Axborot-kutubxona markazida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kutubxona fondining saqlanish holati, mutolaa zallarining jihozlanishi hamda mavjud imkoniyatlardan kitobxonlar tomonidan foydalanish samaradorligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, kutubxona fondini hisobga olish va saqlash tizimi, kitobxonlar formulyarlarini yuritish tartibi, kataloglar bilan ishlash jarayoni, kitoblarni qidirish va ulardan foydalanish imkoniyatlarining amaldagi holati tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida axborot-kutubxona xizmatlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, elektron va raqamli axborot resurslaridan samarali foydalanish, kitob fondini muntazam boyitib borish hamda mavjud adabiyotlarni asrab-avaylash masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi