Barcha yangiliklar
DEPUTAT DAFTARI: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
Gallery image 245116
Gallery image 245117
Gallery image 245118
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
18 Sen 2026
15:19

DEPUTAT DAFTARI: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI

📅 2026-yil 17-18-sentabr kunlari xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan “Deputat daftari” doirasida Lutfiy mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylar va hududdagi mavjud muammolar, aholining murojaatlari hamda uy-joy fondining texnik holatiga e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida quyidagi masalalar aniqlandi:
🏢 Issiqlik ta’minoti: Ayrim ko‘p qavatli uylarda isitish tizimi va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga oid muammolar mavjudligi qayd etildi.
🏗 Tom qismini ta’mirlash: Ko‘p qavatli uylarning tom qismini ta’mirlash va yangilash, jumladan, 3- va 4-uylar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
🌳 Obodonlashtirish: Uylar atrofidagi hududni obodonlashtirish, sanitariya tozaligi va aholiga qulay sharoit yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.
📌 Aniqlangan masalalar “Deputat daftari”ga qayd etilib, ularning ijrosi va muammolar yechimi bo‘yicha nazorat ishlari davom ettiriladi.