Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 245055
Gallery image 245056
Gallery image 245057
Gallery image 245058
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
18 Sen 2026
14:36

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#24_ta_masala
🇺🇿 MAHALLA YETTILIGI BILAN OCHIQ MULOQOT

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 18-Cho‘yinchi–Qishloqbozor saylov okrugi deputati B.Toshpo‘latov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov tomonidan “Cho‘yinchi” mahallasi yettiligi bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

🗣 Uchrashuv deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida o‘tkazilib, mahallaning bugungi holati, aholining murojaatlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

🤝 Ochiq va samimiy muloqot davomida mahalla yettiligi tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli masalalar belgilab olindi.

✅ Deputatlik faoliyatining asosiy mezoni — aholi bilan bevosita muloqot qilish, murojaatlarni o‘rganish va ularning yechimiga amaliy ko‘mak ko‘rsatishdir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube