Barcha yangiliklar





RAXMATULLAYEV XONDAMIR INOMJON O‘G‘LI
18 Sen 2026
11:54
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati D.Azizbayeva tomonidan Bunyodkor mahallasida olib borilayotgan qurilish jarayonlari yuzasidan aholi fikri o‘rganildi.
Muloqot davomida mahalla aholisi bilan suhbatlashilib, ularning qurilish jarayonlaridan roziligi, mavjud muammo va takliflari tinglandi. Fuqarolar tomonidan qurilish ishlari tizimli va belgilangan tartibda olib borilayotgani, jarayonlar yuzasidan e’tiroz va norozilik holatlari mavjud emasligi qayd etildi.
Shuningdek, qurilish ishlarini sifatli va tartibli davom ettirish, aholi manfaatlarini inobatga olish hamda hududda qulay sharoitlarni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.