Barcha yangiliklar
ISHSIZ FUQAROLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR YARATILMOQDA.
Gallery image 244844
Gallery image 244845
Gallery image 244846
Gallery image 244847
Gallery image 244848
Gallery image 244849
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
17 Sen 2026
00:00

ISHSIZ FUQAROLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR YARATILMOQDA.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi raisi R.Tashpulatov deputat G.Suvonqulova hamda Sardoba tumani IIB boshlig‘i B.Sanayev ishtirokida Birlashgan va Paxtakor mahallalarida ishsiz aholi uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarka davomida tuman Bandlik bo‘limi mutasaddilari, “Artel” kompaniyasining Dashtobod filiali hamda “Bazalt” MChJ vakillari tomonidan mahallalardagi ishsiz fuqarolar, yoshlar va xotin-qizlarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari va ishga qabul qilish tartiblari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Bunday mehnat yarmarkalari orqali fuqarolarga nafaqat ish topish, balki o‘z salohiyati va kasbiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun ham keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Aholi bandligini ta’minlash, har bir xonadon daromadini oshirish va fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash borasidagi bu kabi amaliy tadbirlar mahallalarda izchil davom ettiriladi.