Barcha yangiliklar
SHODLIK MAHALLASIDA TADBIRKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Gallery image 244452
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
17 Sen 2026
22:52

SHODLIK MAHALLASIDA TADBIRKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi deputati A. Kenjayev tomonidan Shodlik mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro bilan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish masalalari yuzasidan manzilli suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida fuqaroning tadbirkorlik faoliyatini boshlash bo‘yicha tashabbuslari, qiziqishlari va mavjud imkoniyatlari o‘rganildi.

Shuningdek, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, zarur hollarda imtiyozli kredit va boshqa moliyaviy ko‘maklardan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Fuqaroning tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, uni daromad manbaiga aylantirish va kelgusida qo‘shimcha bandlik imkoniyatlarini yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.