Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 29080
Gallery image 29081
Gallery image 29082
Gallery image 29083
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
18 Fev 2025
17:09

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 10-Boboyurt saylov okrugi deputati Eldor Erkaboyev "Boboyurt" mahallasida joylashgan 10-maktab 11-sinf o‘quvchilarining ota-onalari bilan uchrashdi. Uchrashuvda, "yoshlarning chuqur bilim olishi, yuksak ma’naviyatli va Vatanga sadoqatli farzandlar bo‘lib ulg‘ayishi, kelajakda jamiyatda o‘z o‘rnini topib, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlari davlat siyosatining ustuvor maqsadlaridan. Farzandlarni barkamol avlod qilib tarbiyalash, komil inson darajasiga yetkazish" barchamizning vazifamiz deydi deputat. 

Uchrashuvdan so‘ng, "Boboyurt" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro F.Jumaboyevaning murojaatiga asosan deputat hamda yettilik murojaatchining muammosi joyiga borib o‘rganildi. O‘rganishlar jarayonida mahalla hududida yangi uchastka qurilgan bo‘lib 2 ta qo‘shni o‘rtasida ko‘cha ochish masalasi yuzasidan kelishmovchiliklar bo‘layotganligi aniqlandi.