Barcha yangiliklar

KARIMOV AZIMBOY XO‘JABOY O‘G‘LI
17 Sen 2026
19:36
XOTIN-QIZLAR BANDLIGI — ASOSIY MASALA
O‘rganish davomida xotin-qizlarning mavjud bandlik holati, mehnat faoliyati hamda daromadlarini oshirish imkoniyatlari tahlil qilindi.
Xotin-qizlar daromadini yanada oshirish maqsadida tikuv mashinalari sonini ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tikuvchilik faoliyatiga qiziquvchi xotin-qizlarni ko‘proq jalb etish bo‘yicha rejalar belgilandi.
Shuningdek, mahallada xotin-qizlarning kasb-hunar egallashi, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishi va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.