Barcha yangiliklar
MAHALLALARDA TINCHLIK VA OSOYISHTALIKNI QADRLASHGA BAG‘ISHLANGAN UCHRASHUVLAR O‘TKAZILDI
Gallery image 244312
Gallery image 244313
INOMJONOV LAZIZBEK SHAROFJON O‘G‘LI
16 Sen 2026
18:40

MAHALLALARDA TINCHLIK VA OSOYISHTALIKNI QADRLASHGA BAG‘ISHLANGAN UCHRASHUVLAR O‘TKAZILDI

Tuman Kengashi deputati Abdullayev Ortiqboy Abdullayevich ishtirokida tumanidagi Toqchiliq, Ravalliq va Yakkaqayrag‘och mahallalarida aholi o‘rtasida shukronalik tuyg‘usini mustahkamlash, tinchlik va osoyishtalikni qadrlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvlarda yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylash, oilalar hamda mahallalarda o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi farovonligini oshirish va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish haqida so‘z yuritildi.