Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi
Gallery image 244262
Gallery image 244263
RAXMATULLAYEV XONDAMIR INOMJON O‘G‘LI
17 Sen 2026
18:11

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati M.Salimova tomonidan shahar ixtisoslashtirilgan maktabining tibbiyot xonasi faoliyati va unda yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida tibbiyot xonasining sanitariya holati, mavjud tibbiy jihozlar, zarur dori-darmon vositalari hamda o‘quvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Deputat tomonidan maktabda o‘quvchilarning salomatligini asrash, ularga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.