Barcha yangiliklar
🔰Ayollar ijtimoiy yotoqxonasi holati deputat e’tiborida
Gallery image 243861
Gallery image 243862
Gallery image 243863
Gallery image 243864
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
16 Sen 2026
00:00

🔰Ayollar ijtimoiy yotoqxonasi holati deputat e’tiborida

🔰Ayollar ijtimoiy yotoqxonasi holati deputat e’tiborida

➡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi H.Karayeva tomonidan aholining ijtimoiy himoyasiga oid masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
➡️Deputatlik so‘rovida tumandagi «Ayollar ijtimoiy yotoqxonasi» binosining holati, mavjud sharoitlarni yaxshilash va binoda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish masalasi ko‘tarilgan.
➡️Murojaatda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar uchun munosib va qulay sharoit yaratish maqsadida yotoqxona binosini ta’mirlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.
➡️Deputatlik so‘rovi tuman hokimi o‘rinbosari X.Bafoyev nomiga yuborildi.
👉Masala deputatlik nazoratida.