Barcha yangiliklar
Doimiy komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 243733
Gallery image 243734
Gallery image 243735
Gallery image 243736
Gallery image 243737
Gallery image 243738
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
11 Sen 2026
15:41

Doimiy komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

📌Doimiy komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

✔️ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi.

🌀 Majlis davomida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

➡️ Xususan, kun tartibiga kiritilgan Ishtixon tumanidagi aholi punkti nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risidagi masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

♾ Muhokamalar davomida masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglanib, amaldagi qonunchilik talablari hamda mavjud holatlar tahlil qilindi.

⚡️ Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha doimiy komissiyaning tegishli xulosa va tavsiyalari shakllantirilib, navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish yuzasidan qarorlar qabul qilindi.