Barcha yangiliklar
297-sonli maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
Gallery image 243569
Gallery image 243570
Gallery image 243571
Gallery image 243572
Gallery image 243573
Gallery image 243574
ABILOV UMIDBEK UTKIROVICH
17 Sen 2026
15:05

297-sonli maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi #ekspert_guruhlari

297-sonli maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

📇 Ko‘ksaroy mahallasida joylashgan 297-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan o‘rganish ishlari olib borildi.

🧠 O‘rganishdan asosiy maqsad maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini, ta’lim jarayoni uchun yaratilgan sharoitlarni hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining holatini ko‘zdan kechirishdan iborat bo‘ldi.

🕯 O‘rganish davomida maktab binosi, o‘quv xonalari, mavjud infratuzilma hamda kuz-qish mavsumida ta’lim jarayonini barqaror tashkil etish uchun ko‘rilayotgan choralar holati ko‘zdan kechirildi.

📁 O‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta tavsiyaviy yo‘nalishi doirasida tashkil etildi. Jarayonda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati, ekspert guruhi a’zolari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

📝 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda maktabning mavsumga tayyorgarligini yanada yaxshilash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.