Barcha yangiliklar







SHARIPOV KO‘HZOD VAFOYEVICH
17 Sen 2026
14:37
📌 Maktabning isitish tizimi o‘rganildi.
Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Botirov tomonidan Osmonsoy mahallasida joylashgan 2-sonli maktabning isitish tizimi va qozonxonasi o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida qozonxonaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, isitish uskunalarining texnik ahvoli hamda mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.
📝 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va maktabni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.