Barcha yangiliklar
MAKTAB KUTUBXONASIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI.
Gallery image 243477
Gallery image 243478
Gallery image 243479
AITMURATOV KURALBAY TENELBAEVICH
17 Sen 2026
12:28

MAKTAB KUTUBXONASIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi 8-sonli "Erkindaryo" saylov okrugidan saylangan deputat J.Jumanazarov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassis K.Aitmuratovlar tomonidan 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi kutubxona faoliyati va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida kutubxonadagi kitob fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, mavjud adabiyotlar hamda ulardan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning kitob mutolaasiga qiziqishini yanada oshirish, kutubxona faoliyatini rivojlantirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

Kitob - bilim va tafakkur manbai. Shu bois yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ular uchun qulay kitobxonlik muhitini yaratish deputatlar e’tiboridagi muhim masalalardan biridir.