Barcha yangiliklar
Mahalladagi ijtimoiy xodimning faoliyati o'rganildi.
Gallery image 243425
Gallery image 243426
Gallery image 243427
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
15 Sen 2026
12:14

Mahalladagi ijtimoiy xodimning faoliyati o'rganildi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 5-Paxtaobod saylov okrugidan saylangan deputat Surayyo Axmedova tomonidan15.09.2026-yil Kengashning ish rejasiga muvofiq Paxtaobod mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash jarayonlarining amaldagi tartib asosida tashkil etilganligi atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning samaradorligini yanada oshirish, ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va murojaatlar bilan ishlash sifatini yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi