Barcha yangiliklar
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
Gallery image 243377
Gallery image 243378
Gallery image 243379
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
16 Sen 2026
12:01

Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri Baxromov Asqar Axrorovich tomonidan Kengashning ish rejasiga muvofiq, Istiqlol MFY hududida joylashgan Alisher Navoiy oilaviy shifokorlik punktida aholiga bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

✍️O‘rganish davomida dori vositalarining mavjudligi, saqlanishi, belgilangan tartibda aholiga yetkazib berilishi hamda fuqarolarning mazkur dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

✅Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga bepul dori vositalarini yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha zaruriy chora tadbirlar belgilandi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi