Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 243172
Gallery image 243173
ABDUVAXIDOV SANJAR BULTAKOVICH
16 Sen 2026
09:42

Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Yoshlar ishlari agentligining Zafarobod tumani bo‘limi tomonidan yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.
Muhokamalar davomida amalga oshirilgan ishlar, mavjud masalalar va kelgusidagi vazifalar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida tegishli qaror qabul qilinib, uning ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.