Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI XORAZM VILOYATI KENGASHI QARORI
Gallery image 243026
Gallery image 243027
Gallery image 243028
Gallery image 243029
Gallery image 243030
Gallery image 243031
Gallery image 243032
Gallery image 243033
Gallery image 243034
Gallery image 243035
Gallery image 243036
Gallery image 243037
Gallery image 243038
Gallery image 243039
Gallery image 243040
Gallery image 243041
Gallery image 243042
Gallery image 243043
Gallery image 243044
KARIMOV AZIMBOY XO‘JABOY O‘G‘LI
16 Sen 2026
19:40

XALQ DEPUTATLARI XORAZM VILOYATI KENGASHI QARORI

 2026-yil 16-sentabr kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining VII-26-108-12-0-K/26-sonli qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Bog‘ot tumanidan jami 638 nafar shaxslarning yer uchastkasiga va mulkiga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.

Kadastr agentligining “E’tirof” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali kelib tushgan hujjatlar, vakolatli organlar ma’lumotlari hamda Xorazm viloyati adliya boshqarmasining tegishli xulosalari inobatga olinib, huquqlari e’tirof etilayotgan shaxslar ro‘yxati tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, ro‘yxatda nazarda tutilgan:
yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yer uchastkalariga — 99 yil;
boshqa yer uchastkalariga — 49 yil muddatga ijara huquqi;
ularda qurilgan bino va inshootlarga esa mulk huquqi e’tirof etiladi.

Shuningdek, tuman va shahar hokimliklariga tegishli shaxslar bilan yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomalarini tuzishni ta’minlash vazifasi yuklatildi.

Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan e’tirof etilgan huquqlarni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish choralari ko‘riladi.