Barcha yangiliklar





ALLABERGANOV BABIR FARXADOVICH
14 Sen 2026
18:40
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri fuqarolarni qabul qildi
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar, obodonlashtirish, uy-joy masalalari hamda boshqa dolzarb muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat tinglanib, masalalarni amaldagi qonunchilik talablari asosida hal etish bo‘yicha tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish hamda mas’ul tashkilotlarning aralashuvini talab etadigan murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida va qonuniy hal etilishi, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.