Barcha yangiliklar
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
Gallery image 242927
Gallery image 242928
Gallery image 242929
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
16 Sen 2026
18:11

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
2026-yil 15-sentyabr kuni soat 12:00 da Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi tashkil etildi.
Yig‘ilish kun tartibidan “Voyaga yetmagan shaxslarga jamoat tarbiyachilarini tayinlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlash haqida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 339-son qarori mazmun-mohiyati va ijrosi bilan bog‘liq masala o‘rin oldi.
Yig‘ilish davomida mazkur qarorda belgilangan vazifalar, voyaga yetmaganlar bilan profilaktik ishlarni tashkil etish, ularga jamoat tarbiyachilarini biriktirish hamda tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.