Barcha yangiliklar
OPEN BUDGET: YO‘L QURILISHI ISHI O‘RGANILDI
Gallery image 242842
Gallery image 242843
Gallery image 242844
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
16 Sen 2026
17:54

OPEN BUDGET: YO‘L QURILISHI ISHI O‘RGANILDI

OPEN BUDGET: YO‘L QURILISHI ISHI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi raisi B. Ochilov tomonidan Shombuloq mahallasida “Ochiq budjet” tashabbusi asosida g‘olib bo‘lgan yo‘l qurilishi loyihasining ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish davomida yo‘l qurilishining amaldagi holati, bajarilgan ishlar sifati, belgilangan loyiha talablariga muvofiqligi hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan qulayliklarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, qurilish jarayonida mavjud muammolar va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni sifatli va belgilangan talablar asosida yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
📌 “Ochiq budjet” orqali aholining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligi Kengash raisi tomonidan nazoratga olinmoqda.