Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan uchrashuv
Gallery image 28814
Gallery image 28815
Gallery image 28816
Gallery image 28817
Gallery image 28818
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
17 Fev 2025
11:14

Saylovchilar bilan uchrashuv

XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI

Fuqarolar muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Bandixon tumanidagi “Obod yurt” mahallalasida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Allamurodova ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi va yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish va ma’lumotlar berib o‘tildi.

Uchrashuv so‘nggida hududda mavjud muammolar, fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar tuzilib, fuqarolar murojaatlari tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.

https://t.me/bandixon_deputatlari