Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 242637
Gallery image 242638
Gallery image 242639
Gallery image 242640
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
16 Sen 2026
16:58

Kengash_faoliyati

#Deputatlik_faoliyati
#Kotibiyat_bosh_mutaxassis
#24_ta_masala
#Okrugda_o‘rganish

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Bandixon" mahallasida aholi muammolari xonadonbay o‘rganildi

Bandixon tumanida aholi turmush darajasini oshirish, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda fuqarolar murojaatlarini ijobiy hal etish borasida deputatlik nazorati tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 1-Bandixon saylov okrugidan saylangan deputat X.Abdimo'minovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Bandixon" MFYda bo‘lib, uyma-uy yurgan holda aholi murojaatlarini o‘rgandilar.

Tashrif davomida aholining yashash sharoitlari, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, bandlik hamda kommunal-infratuzilma holati xonadonbay tahlil qilindi.

Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha masalalar ro‘yxatga olinib, ularni mas’ul idoralar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar nomiga deputatlik so‘rovlari chiqarilishi belgilandi.