Barcha yangiliklar
PARTIYA TASHABBUSLARI VA DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI — AMALIY YONDASHUV ASOSIDA
Gallery image 242521
Gallery image 242522
Gallery image 242523
BOYMURADOV UROL NASRIDDINOVICH
26 Avg 2026
00:00

PARTIYA TASHABBUSLARI VA DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI — AMALIY YONDASHUV ASOSIDA

PARTIYA TASHABBUSLARI VA DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI — AMALIY YONDASHUV ASOSIDA.

Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi O‘. Boymurodov hamda O‘zLiDeP Ko‘kdala tuman Kengashi apparat rahbari O. Boboqulov hamkorligida doimiy komissiya muhokamasi o‘tkazildi.

Muhokama davomida partiya tashabbusi bilan sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masalalarni avvalo doimiy komissiyada atroflicha ko‘rib chiqish, partiya guruhi tomonidan joyiga chiqib o‘rganishlar tashkil etish hamda o‘rganishlarda ishtirok etgan partiya guruhi a’zolari, partiya rahbari va hisobot beruvchilarning sessiyaga qadar barcha savol va takliflarni puxta tahlil qilib, asoslantirilgan javoblar bilan tayyor holda ishtirok etishi yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, muhokama yakunida 17-Soybuyi saylov okrugi aholisi hamda tadbirkorlari tomonidan deputatga bildirilgan takliflar asosida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida Obodonlashtirish boshqarmasi ma'sullari bilan muloqot qilinib, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati muhokama qilindi. Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan mavjud muammolarni bartaraf etish hamda xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan amaliy kelishuvlarga erishildi.

Aholi murojaatlari va partiya tashabbuslari asosida olib borilayotgan bunday tizimli o‘rganishlar hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda Kengash faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.