Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 28742
Gallery image 28743
Gallery image 28744
Gallery image 28745
Gallery image 28746
Gallery image 28747
Gallery image 28748
Gallery image 28749
Gallery image 28750
Gallery image 28751
Gallery image 28752
Gallery image 28753
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
15 Fev 2025
15:29

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Viloyat Kengashidan saylangan deputat Kim Dmitriy hamda Boyovut tumani Kengashi 15-A.Temur saylov okrugi deputati Obloqul Isanovlar ishtirokida “Deputat bilan bir kun” loyihasi amalga oshirildi. 

Mazkur loyiha doirasida deputatlar “S.Ayniy” mahallasidagi “Mohitob” koʻchasida tashkil qilinayotgan sogʻlomlashtirish yoʻlagi va tungi yoritgich chiroqlarini oʻrnatilish jarayonlari bilan tanishib, ma’sullarga kerakli koʻrsatmalar berildi. Mahalladagi “Oydin yoʻl” koʻchasidagi elektr tarmoqlaridagi muammolar oʻrganilda. Mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar Alimova, Yuldasheva, Mirzabekova va Ortiqovalar xonadonlarida boʻlib ular bilan muloqat qilib muammo va takliflari tinglandi. Shuningdek deputat “mahalla yettligi” bilan ham uchrashib, mahalladagi olib borilayotgan ishlar va muammolarni hal qilish maqsadida ish reja tuzib chiqildi. 

So‘ngra deputatlar “A.Temur” mahallasiga ham tashrif buyurib mahalladagi muammolarni o‘rgandi. Ushbu muammolarni bartaraf etishd mahalla yettiligi bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilishi ma’lum qilindi. “A.Temur” mahallasidagi 25-MTT faoliyati bilan ham tanishib kerakli tavsiyalar berildi. Mahalladagi “Paxta obod” koʻchasidagi bugungi kunning dolzarb masalalari hal qilish yuzasidan bir fikrga kelindi.