Barcha yangiliklar





ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
15 Sen 2026
09:52
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA MANZILLI ISHLAR
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ibragimov Yu. tomonidan bank xodimlari bilan hamkorlikda reyestrga kiritilgan ehtiyojmand oilalar va fuqarolarning holati muhokama qilindi.
📌Uchrashuv davomida har bir oilaning mavjud muammolari, bandligini ta’minlash, daromad manbalarini oshirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
🤝Asosiy e’tibor manzilli yondashuv asosida har bir fuqaro bilan individual ishlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratildi.
✅Aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli choralarni belgilash va ularning ijrosini nazorat qilish yuzasidan kelishib olindi.
Bizni kuzatishda davom eting!