Barcha yangiliklar
#tuman_hokimi
Gallery image 242225
Gallery image 242226
Gallery image 242227
Gallery image 242228
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
15 Sen 2026
09:33

#tuman_hokimi


Toyloq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Behzod Raxmatullayev Do‘stlik mahallasida bo‘lib, “Kambag‘allar reyestri”da turuvchi oilalar xonadonlarini borib ko‘rdi.

O‘rganish davomida oilalarning ijtimoiy holati, mavjud muammolari hamda daromadlarini oshirish imkoniyatlari o‘rganildi. Fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda oilaviy daromadlarini ko‘paytirishga qaratilgan amaliy choralar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Ta’kidlanganidek, har bir oilaning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli ishlarni kuchaytirish muhim vazifa hisoblanadi.