Barcha yangiliklar
#yoshlar_maslahat guruhi
Gallery image 242198
Gallery image 242199
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
14 Sen 2026
09:23

#yoshlar_maslahat guruhi

✔️Toyloq tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi M. Rustamova tomonidan 23-son umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari bilan samimiy muloqot o‘tkazildi.

✔️Suhbat davomida yoshlarning kelajakdagi orzu va maqsadlari, kasb tanlovi, oliy ta’limga intilishi haqida fikr almashildi. M. Rustamova o‘quvchilarni o‘z ustida muntazam ishlashga, bilim va qobiliyatlarini rivojlantirishga, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga hamda yangi imkoniyatlardan unumli foydalanishga chorladi.

✔️Shuningdek, har bir yoshning iste’dodini yuzaga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash va kelajak sari dadil qadam tashlashlariga ko‘maklashish muhimligi ta’kidlandi.