Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 242134
Gallery image 242135
Gallery image 242136
Gallery image 242137
SUYUNOV DOSTONBEK TURG‘UNBOY O‘G‘LI
09 Sen 2026
09:01

Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hokimlik xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari, Yoshlar maslahat guruhi, ekspert guruhi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiya davomida mahalla yettiligi faoliyati, fuqaro muhofazasi, Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, «Tashabbusli budjet» loyihasi g‘oliblarini tasdiqlash, bandlikni ta’minlash hamda mablag‘ ajratish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.