Barcha yangiliklar
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
Gallery image 241973
KARIMOV AZIMBOY XO‘JABOY O‘G‘LI
15 Sen 2026
19:21

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Yig‘ilishda Bog‘ot tumani hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan, jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati tanloviga ko‘ra qo‘shimcha ravishda “g‘olib” deb topilgan loyihalarga mablag‘ yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida loyihalarning ahamiyati, ajratiladigan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda hududlarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.