Barcha yangiliklar
Navro‘z MFYda ko‘chaboshilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Gallery image 241898
Gallery image 241899
Gallery image 241900
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
15 Sen 2026
18:15

Navro‘z MFYda ko‘chaboshilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Deputatlik o‘rganishi davomida deputat M.Mirzayev ko‘chaboshilar bilan uchrashib, hududdagi mavjud muammolarni o‘rgandi.

Muloqotda “Navro‘z” mahallasi idorasi bilan bog‘liq masala ko‘tarildi. Xususan, mahalla idorasida atigi uchta kichik xonada xodimlari faoliyat yuritayotgani bildirildi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli murojaatlar yo‘llash va masalani deputatlik so‘rovi orqali nazoratga olish belgilandi.