Barcha yangiliklar
Uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalar o'zganildi
Gallery image 241570
Gallery image 241571
Gallery image 241572
Gallery image 241573
Gallery image 241574
Gallery image 241575
Gallery image 241576
Gallery image 241577
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
14 Sen 2026
16:16

Uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalar o'zganildi

Uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalar o'zganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputatlari N.Xaitqulov va B.Baxovadinov tomonidan “Darxan” MFY raisi hamda O‘rta Chirchiq tuman Elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi Sh.Bayjigitov bilan hamkorlikda Darxan mahalla hududida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolarning murojaatlari yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan mahallada elektr energiyasi ta’minotidagi kuchlanishning pastligi, buning natijasida aholi uchun turli noqulayliklar yuzaga kelayotgani bilan bog‘liq murojaatlar tinglandi.

📖Murojaatda ko‘tarilgan masala joyida ko‘zdan kechirilib, mavjud holat yuzasidan tegishli mas’ullar bilan fikr almashildi. Fuqarolarning murojaati deputatning “Ko‘chama-ko‘cha fuqarolar murojaatlarini o‘rganish daftari”ga belgilangan tartibda qayd etildi.

📌Murojaatda ko‘tarilgan masalani qonuniy va ijobiy hal etish, elektr ta’minotidagi mavjud muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish maqsadida murojaat deputatlik nazoratiga olindi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!