Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 241524
Gallery image 241525
Gallery image 241526
Gallery image 241527
Gallery image 241528
Gallery image 241529
Gallery image 241530
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
15 Sen 2026
16:07

Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 3 ta mahallada 3,7 mlrd so‘mlik irrigatsiya loyihasi amalga oshirilmoqda

Bandixon tumanida suv resurslaridan unumli foydalanish, ekin maydonlari hamda aholi tomorqalarini kafolatlangan suv bilan ta’minlash borasida davlat dasturlari asosida keng ko‘lamli beton ariqlar qurish ishlari olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 8-“Birdamlik” saylov okrugi deputat B.Rajabov okrugiga qarashli Birdamlik” mahallasida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev "Birdamlik" mahallasida bo‘lib, yangi sug‘orish ob’ektida deputatlik nazoratini o‘tkazishdi.

Ob’ekt pasportiga muvofiq, "Surxondaryo viloyati Suv qurilish" DM buyurtmasi hamda "Ketmonchopti Zilol Suvi" MCHJ pudratchiligida umumiy qiymati 3,7 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan loyiha amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida Paxtakor, Chinor va Birdamlik MFYlar hududidagi 1,5 ming gektar fermer xo‘jaligi ekin yerlari hamda 611 ta xonadonning 160 gektar tomorqa maydonlarini suv bilan ta’minlovchi beton ariqlar barpo etilmoqda.

Deputat va Kotibiyat mudiri tomonidan qurilish ishlarining borishi, shaharsozlik hamda texnik talablarga rioya etilishi ko‘zdan kechirilib, ishlarni belgilangan 60 kunlik muddat ichida va sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.