Barcha yangiliklar
🔰Ayollar ijtimoiy yotoqxonasidagi sharoitlar – deputatlar e’tiborida
Gallery image 241376
Gallery image 241377
Gallery image 241378
Gallery image 241379
Gallery image 241380
Gallery image 241381
Gallery image 241382
Gallery image 241383
Gallery image 241384
Gallery image 241385
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
14 Sen 2026
00:00

🔰Ayollar ijtimoiy yotoqxonasidagi sharoitlar – deputatlar e’tiborida

🔰Ayollar ijtimoiy yotoqxonasidagi sharoitlar – deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L.Behbudova, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi H.Kareva hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov tomonidan Qalmoq mahallasidagi Ayollar ijtimoiy yotoqxonasida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
✔️Mazkur masala joriy oyda tuman Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritilgani munosabati bilan o‘rganishlar bevosita joyiga chiqqan holda tashkil etildi.
✔️Tashrif davomida yotoqxonada istiqomat qilayotgan o‘nga yaqin xotin-qizlar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning yashash sharoiti, mavjud muammolari va ehtiyojlari tinglandi.
✔️O‘rganishlar jarayonida binoning ayrim qismlari joriy ta’mirga muhtoj ekani aniqlandi. Xotin-qizlar uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish maqsadida mazkur masalani belgilangan tartibda hal etish choralarini ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
✔️Mavjud muammoni bartaraf etish, binoda zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha deputatlik so‘rovi kiritishga kelishib olindi.
✔️Deputatlar tomonidan aholining, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.