Barcha yangiliklar
#deputatlik_nazorati #ijtimoiy_komak #bandlik
Gallery image 241345
Gallery image 241346
Gallery image 241347
Gallery image 241348
Gallery image 241349
Gallery image 241350
Gallery image 241351
Gallery image 241352
Gallery image 241353
Gallery image 241354
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
15 Sen 2026
15:05

#deputatlik_nazorati #ijtimoiy_komak #bandlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash joylarda masalaga chuqur va individual yondashuvni talab etmoqda.
Ushbu ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, Olmaliq shahridagi "O'zbekiston" mahallasida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Zuhra Pulatova hamda mahalla "yettiligi" hamkorligida xonadonbay o‘rganishlar tashkil etildi.

🔍 O‘rganish jarayonida nimalarga e’tibor qaratildi?
Kambag‘allik reestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlariga bevosita tashrif buyurildi;
Har bir oilaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, turmush sharoiti va moddiy ta'minoti xolis ko‘rib chiqildi;
Fuqaroning muhtojlik darajasiga tushib qolishining tub sabablari (ishsizlik, salomatlik muammolari, kasb-hunar va daromad manbalarining yo‘qligi va h.k.) har taraflama tahlil qilindi;
Oilalarga manzilli va samarali yordam ko‘rsatish bo‘yicha yakuniy xulosalar shakllantirildi;
Aniqlangan muammolar va kamchiliklar deputatning ko'chama-ko'cha jurnaliga kiritilib, ijroga olindi.

📊 Navbatdagi qadam: Tashriflar va tahlillar natijasida to‘plangan ma’lumotlar atroflicha muhokama qilish hamda amaliy chora-tadbirlar rejasini belgilash uchun Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyasiga taqdim etildi.