Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 241283
Gallery image 241284
Gallery image 241285
Gallery image 241286
Gallery image 241287
Gallery image 241288
Gallery image 241289
Gallery image 241290
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
15 Sen 2026
13:39

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#19_1_modda
#Kotibiyat_mudiri
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Birdamlik" mahallasida 1,7 milliard so‘mlik piyodalar yo‘lagi barpo etilmoqda

Bandixon tumanida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, piyodalar va transport vositalarining harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 8-“Birdamlik” saylov okrugi deputati B.Rajabov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Birdamlik" MFY hududida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar.

Hozirgi vaqtda hududdan o‘tuvchi D167 avtomobil yo‘li yoqasida umumiy qiymati 1,7 milliard so‘m bo‘lgan 4,6 kilometrlik zamonaviy piyodalar yo‘lagi qurilmoqda. Bugungi kunga qadar ushbu yo‘lakning 1 kilometrga yaqin qismi to‘liq yakunlanib, aholi foydalanishiga topshirildi.

Deputatlar tomonidan qurilish ishlarining sifati hamda belgilangan standartlarga muvofiqligi ko‘zdan kechirilib, loyihani o‘z vaqtida to‘liq yakunlash yuzasidan pudratchi tashkilot vakillariga tegishli tavsiyalar berildi.

Ishlar to‘liq yakunlangach, yo‘l bo‘yi yanada obod va ko‘rkam qiyofa kasb etib, hudud aholisi uchun xavfsiz, qulay va fayzli maskanga aylanadi.