Barcha yangiliklar
MAKTABDAGI SPORT ZALLARI HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 241240
Gallery image 241241
Gallery image 241242
Gallery image 241243
Gallery image 241244
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
09 Sen 2026
11:33

MAKTABDAGI SPORT ZALLARI HOLATI O‘RGANILDI

MAKTABDAGI SPORT ZALLARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 1-Xalqobod saylov okrugi deputati N. Ro‘ziyeva saylangan Orol MFY hududida mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish tuman Kengashi mutaxassisi T. Murodov tomonidan amalga oshirildi.

Jumladan, 3-sonli umumta’lim maktabidagi sport zallari, ularda mavjud sport anjomlari, jihozlarning mavjudligi va texnik holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida sport zallarining o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlari, mavjud sport inventarlaridan foydalanish holati hamda ularni zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sport zallari va mavjud jihozlardan samarali foydalanish hamda o‘quvchilar uchun yanada qulay sport muhitini yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun munosib sharoit yaratish — muhim vazifalardan biridir.