Barcha yangiliklar
FUQAROLAR MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
Gallery image 241187
Gallery image 241188
Gallery image 241189
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
08 Sen 2026
11:16

FUQAROLAR MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI

FUQAROLAR MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 5-Uchqizil saylov okrugidan saylangan deputat Sh. Norsayev saylangan Uchqizil MFY Markaz ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida fuqaro Annavaliyeva Selbining davolanish bilan bog‘liq muammosi atroflicha o‘rganilib, mavjud masalani ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Shuningdek, fuqaroning kadastr masalasidagi murojaati ham ko‘rib chiqilib, mazkur yo‘nalishda amaldagi tartib-taomillar yuzasidan Kengash mutaxassisi K. Abdullayeva tomonidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

📍 Fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, muammolarga amaliy yechim topish hamda aholining huquqiy xabardorligini oshirish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.