Barcha yangiliklar
🔰DEPUTAT NAZORATI.
Gallery image 241112
Gallery image 241113
Gallery image 241114
Gallery image 241115
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
15 Sen 2026
11:00

🔰DEPUTAT NAZORATI.

📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati B.Toshpo‘latov hamda viloyat Kengashi deputati O.Kogay birgalikda “Qaliya” MFYdagi “Beshyog‘och” ko‘chasida olib borilayotgan qayta rekonstruksiya ishlarini ko‘zdan kechirishdi.

🔸Xalq vakillari mahallada amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. O‘rganish davomida ichki yo‘llarni taʼmirlash, piyodalar yo‘lakchalarini tartibga solish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish borasida bajarilayotgan ishlarning sifatiga alohida eʼtibor qaratildi.

🔸B.Toshpo‘latov va O.Kogay mahalla ahli hamda quruvchilar bilan suhbatlashib, ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berishdi. Mazkur ko‘chada olib borilayotgan rekonstruksiya ishlarining borishi deputatlar tomonidan qatʼiy nazoratga olindi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook